Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor

Narzullayev Nozimjon Sobirjonovich

Narzullayev Nozimjon Sobirjonovich 1963-yil 30-iyulda Namangan viloyati Chortoq tumani Koroskon qishlog’ida tug’ilgan. 1970-1980-yillarda qishloqdagi 68-o’rta maktabni oltin medal bilan tamomlagan.

1985-yil Andijon pahtachilik institutini imtiyozli diplom bilan tugatgan.

1987-yili Toshkent politehnika institutining Namangan filiali (hozirgi NamMPI)ga katta laborant vazifasiga ishga qabul qilingan. Mehnat faoliyati davomida assistent, katta o’qituvchi va dotsent lavozimlarida ishlab kelmoqda.

1989-1994-yillar mobaynida "Kibernetika" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishi natijasida 1994-yili "Qurilish materiallarini tashishda temir yo’l va avtomobil transportining birgalikdagi faoliyatini boshqarish" mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

1994-1996-yillarda iqtisodiyot fakulteti dekan muovini lavozimida faoliyat ko’rsatdi.

1996-yildan beri texnologiya fakulteti dekani lavozimida ishlab, tarbiyaviy-tashkiliy ishlarga rahbarlik qilgan.

Olim 50 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi bo’lib, shulardan 2 tasi ("Talabalarda tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatini shakllantirish", 2000-yil, "Mikroiqtisodiyot", 2002-yil) o’quv qo’llanmasidir.

2004 yildan e’tiboran Iqtisodiyot, tadbirkorlik va tashqi aloqalar bo’yicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.

Narzullaev N. Ayni chog’da doktorlik dissertasiyasi ustida qizg’in ish olib bormoqda.

Telefon: 234-13-92