PEDAGOGIKA VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR KAFEDRASI

 

Kafedra mudiri: Boltayeva Muxayyo Lutfillayevna p.f.n, dotsent

Telefon: (0594) 507-55-22, (0597) 2173515

Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

 

  


Kafedra  tarixi

“Pedagogika va pedagogik texnologiyalar” kafedrasi Namangan muhandislik-pedagogika instituti rektorining 1998 yil 21 aprelda chiqqan 110-U sonli buyrug’iga asosan tashkil etilgan va u o’sha yilning 1 sentyabridan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedraga dastlab pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.Muhiddinov (1998-1999 yy.), keyin pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.T.Turg’unov (1999-2000 yy.), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent I.Rahimov (2000-2006 yy.) hamda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent SH. Qodirov (2006-2008 yy.),  pedagogika fanlari nomzodi, dotsent SH.Abduraxmanov (2008-2009), pedagogika fanlari doktori, professor S.T.Turgunov (2010-2011yy.) lar, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.Xamrakulov va  fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.Ataxujayev mudir etib tayinlanishgan. 

2013 yilning 18 noyabridan boshlab, kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.L.Boltayeva mudirlik qilib kelmoqda.

Kafedra professor-o'qituvchilari:

1. Boltayeva Muhayyo Lutfillayevna - kafedra mudiri, dotsent
2. Abduraxmanov SHerzod - p,f,n. dotsent
3. Raximov Ilxomjon Abdullayevich - p.f.n. dotsent
4. . SHodmanov Qodirjon Odilxanovich - p.f.n.dotsent
5. Toshpulatov Ibroxim Ikromjanovich - katta o’qituvchi
6. Abduazizova Veronika Vadimovna - katta o’qituvchi
7. Parpiyev  Otabek  Tillayevich- katta o’qituvchi
8.Satimov A’zamjon Ikromovich- katta o’qituvchi
9.Nodirov Jaхongir     katta o’qituvchi
10. Ma’murova Feruza Tojimatovna - assistent
11. Maхmudova  Nozima Baхriddinovna - assistent
12. Nasritdinov Bekzod Хusnutdinovich-assistent:

Kafedraning ilmiy salohiyati (45%)
Dotsentlar - 4 nafar
Katta o’qituvchi -5 nafar
Assistentlar - 3 nafar
Texnik xodimlar - 2 nafar

 

Kafedrada amalga oshirilgan o‘quv-uslubiy ishlar

2014 yilda kafedra assistenti V.Abduazizova tomonidan “Тeория и практика подготовки будуших инжeнeр-пeдагогов к пeдагогичeскому творчeству” nomli uslubiy tavsiya yaratildi va o‘quv jarayonida samarali qo‘llanilmoqda. Joriy yilda kafedraning dotsentlari SH.Abduraxmanov, I.Raximov, Q.SHodmanovlar tomonidan Kasb ta’limi yo‘nalishi 2 kurs  talabalarning pedagogik amaliyot dasturi va uni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturida belgilangan chora tadbirlarga tayangan holda umumta’lim muassasalarning metodik va ilgor pedagogik soxadagi ehtiyojlarini o‘rganish borasida dotsent M.L.Boltayeva, assistentlar V.Abduazizova va F.Mamurovalar tomonidan umumta’lim muassasalarning boshlang‘ich sinflarda tashkil etilgan kuni uzaytirilgan guruxlarning samarali faoliyatini ta’mirlash uchun kasb ta’limiga yo‘naltirilgan tugaraklarni tashkil etish dasturini ishlab chiqish va yakunlash rejalashtirildi.

O‘qitiladigan fanlar ro‘yhati:

1. Kasbiy psixologiya - katta o’qituvchi Toshpulatov I., assistent Ma’murova F.
2. Kasbiy pedagogika - dotsent Raximov I., Parpiyev O katta o’qituvchi
3. Yosh fiziologiyasi va gigiyena - dotsent  SHodmanov Q.
4. Ta’lim texnologiyalar - dotsent Abduraxmanov SH. Assistant N. Maхmudova
5. Pedagogik texnologiyalar - dotsent Abduraxmanov SH., assistent Abduazizova V.
7. Iqtisodiy tarbiya nazariyasi - dotsent Boltayeva M, assistent Maxmudova N.
9. Pedagogika. Psixologiya - dotsent SHodmanov Q., katta o’qituvchi Toshpulatov I., assistent Ma’murova F.
10. Tarbiyaviy ishlar metodikasi - dotsent Boltayeva M, assistent Maxmudova N.
11. Pedagogik maxorat - dotsent Boltayeva M., assistent Maxmudova N.
12.Kasbiy faoliyat pedagogikasi va psiхologiyasi  katta o’qituvchi Toshpulatov I.,

Pedagogika va pedagogik  texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan ochiq darslar.
Kafedrada quyidagi reja asosida ochiq darslar tizimli ravishda o‘tkazildi va kafedrada tahlillar amalga oshirildi. Bayonnomalar va hujjatlar  rasmiylashtirilib, tegishli tartibda yig‘ildi.Pedagogika va pedagogik texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomoni-dan 2016-2017- o‘quv yilida muntazam ravishda ochiq darslar o‘tkazib kelinmoqda.

 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari  

Kafedra assistenti V.Abduazizova “Тeория и практика подготовки будуших инжeнeр-пeдагогов к пeдагогичeскому творчeству” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini Kori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fani ilmiy tadqiqot instituti xuzuridagi ixtisoslashgan ilmiy kengashda 2013 yilda tasdiklangan va OAK byulletenida 2014 yil №1-sonida e’lon qilindi.  2017- yilning ikkinchi yarmida ximoya qilish arafasida.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar kafedra jamoasining har lahzadagi, dolzarb faoliyat yo’nalishlaridandir. Kafedraning 2016-2017 o’quv yili uchun ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar rejalari mavjud bo’lib, ular talabalarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizni tiklanishiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashga, atrof-muhitni va institut mulkini saqlash, kiyinish madaniyati kabi maqsadlarga yo’naltirilgan. Bundan tashqari dasturda belgilab ko’yilgan vazifalar va buyuk mutafakkirlar meroslarini dars jarayonida talabalarga o’rgatib kelmoqdalar.Kafedrada muntazam ravishda turli xildagi madaniy va ma'rifiy tadbirlar tashkil etiladi.