ELEKTR ENERGETIKASI KAFEDRASI

 

Kafedra mudiri:  Murodov Muzaffar Xabibullayevich  t. f.n.


Telefon: (0593) 401-45-45


Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. , Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
 
 


         “Elektr energetikasi” kafedrasi 1998 yili “Elektrotexnika va o’qitishning texnik vositalari” kafedrasi asosida mutaxassislik kafedrasi sifatida tashkil etilgan bo’lib 1998-1999 o’quv yilidan boshlab 5140900-Kasb ta’limi (Elektr energetikasi) va 5520200-Elektr energetikasi yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar, 2002 yildan 2012 yilgacha 5A140901-Kasb ta’limi (Elektrenergetikasi) mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlagan. Elektrotexnika va energetika kafedrasiga 2001-2003 yillarda professor M.Djuraboyev, 2003-2010 yillarda dotsent M. Toshmirzayev,  2010-2011 yillarda dotsent G’.Dadamirzayev, 2012 yilda dotsent M.Murodov, 2013 yilda dotsent M.Toshmirzayev rahbarlik qildi. 2014 yil 29 dekabr oyidan boshlab kafedraga t.f.n. M.Murodov mudirlik qilmoqda.

Kafedra professor-o'qituvchilari:

1. Murodov Muzaffar Xabibullayevich - texnika fanlari nomzodi dotsent
2. Dadamirzayev G’ulomqodir - fizika-matematika fanlari nomzodi dotsent
3. Otamirzayev Olimjon Usubovich - katta o’qituvchi
4. Qodirov Abdujalil Xolikovich - katta o’qituvchi
5. Daminov Akmal Akbaraliyevich - katta o’qituvchi
6. Yusupov Dilshod Rashidovich - katta o’qituvchi
7. Berkinov Elmurod Xoshimjanovich - katta o’qituvchi
8. Mamadjanov Abdushoxid Baxromjanovich - assistent
9. Zokirova Dilnoza Ne’matullayevna - assistent
10. Vahobova Sojida Komiljanovna - assistent
11. Maxmudov Nuriddin Maxammadali o’g’li - assistent
12. SHaripov Farxod Fazliddinovich – assistant
13.Rahmanov Dilmurod Abdujabbor o`g`li- assistent


Kafedraning ilmiy salohiyati (5,7%)

Dotsentlar - 2 nafar
Katta o’qituvchi - 6 nafar
Assistentlar - 7 nafar
Texnik xodimlar - 1 nafar

O’quv metodik ishlar

       Kafedrada doimiy ravishda Elektr energiyasidan foydalanish, ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashni avtomatlashtirish bo’yicha  o`quv qo’llanma, 22 nafar o’quv rejadagi  fanlardan uslubiy qo’llanmalar, uslubiy ko`rsatmalar tayyorlash bo`yicha ishlar olib borilmoqda.
 

O‘qitiladigan fanlar ro‘yhati

Yo’nalishga kirish - f.m.f.n. G’.Dadamirzayev, katta o’qituvchi A.Qodirov, ass. Q.Fayzullayev
Metrologiya, standartlash va sertifikatlashtirish - katta o’qituvchi O.Otamirzayev, ass. F.SHaripov
No’ananaviy elektr energiya manbalari - t.f.n. M.Murodov
Stantsiya va elektr energetika tizimlarining releli ximoyasi - katta o’qituvchi O.Otamirzayev, ass. E.Berkinov
O’ta kuchlanish va izolyatsiya - katta o’qituvchi Z.Toshbekova, ass. E.Berkinov
O’tkinchi jarayonlar - katta o’qituvchi D.Yusupov
Elektr qurilmalarini tuzish va ishlatish qoidalari - katta o’qituvchi O.Yusupov
Elektr stantsiya va podstantsiyalarning elektr qismi - katta o’qituvchi A.Daminov, ass. N.Maxmudov
Elektr tarmoqlari va tizimlari - katta o’qituvchi O.Yusupov, ass. S.Vaxobova, ass. N.Maxmudov
Elektr  ta’minoti - katta o’qituvchi Z.Toshbekova, ass. D.Zokirova
Elektrotexnika  materiallari - t.f.n. M.Murodov, ass. S.Vaxobova
Elektromexanika - katta o’qituvchi D.Yusupov, ass. D.Zokirova
Energetikaning ilmiy texnik muammolari - f.m.f.n. SH. Nabiyev, ass. Q.Fayzullayev
Elektrotexnikaning nazariy asoslari - f.m.f.n. G’. Dadamirzayev,  katta o’qituvchi O.Otamirzayev, ass. Q.Fayzullayev
Elektrotexnologiya va uning qurilmalari - katta o’qituvchi O.Yusupov, ass. S.Vaxobova
ES va EE tizimlarida MM,  optimallash va ABT - katta o’qituvchi Z.Toshbekova, O.Otamirzayev ass. A.Mamadjanov
Elektr energiyani ishlab chiqish, uzatish  va taqsimlash - katta o’qituvchi A.Daminov, ass. N.Maxmudov
Elektrotexnika - katta o’qituvchi A.Qodirov, O.Yusupov, Z.Toshbekova, ass. S.Vahobova, D.Xolboyev, F.Haripov
Energiya tejamkorlik asoslari - t.f.n. M.Murodov, ass. A.Mamadjanov

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot  ishlari

        Kafedra katta o’qituvchisi Daminov A. “Turli uglegrafit materiallardan sintetik olmosni sintezlash va uni xossalarini o’rganish” mavzusini f-m.f.d.  A.Saidov rahbarligida 2016 yilga ximoyasi rejalashtirilgan xolatda tashkil etmoqda.
        Texnika fanlari nomzodi dotsent M.Murodov “Fotoelektrik modullarni tadqiq qilish” mavzusini  f-m.f.d. S.Tursunov rahbarligida olib bormoqda.
Kafedra dotsenti M.Murodov rahbarligida ass. A.Mamajonov “Energiya tejamkor qurilmalar” va dots. M.Toshmirzayev rahbarligida ass. E.Berkinov “Kichik kuchlanish tarmoqlarida energiya isrofini kamaytirish” bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.   
        Ustoz-shogird ana’nalarini davom ettirgan holda, kafedra dotsenti M.Murodov elektr energetikasi yo’nalishining  iqtidorli talabalar uchun 2011 yilning sentyabr oyidan boshlab “Yosh  energetiklar” to’garagiga rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada oxirigi 3 yil mobaynida to’garak qatnashchilaridan ikki nafari shu yili o’tkazilgan “Kelajak ovozi - 2013” Respublika ko’rik tanlovining Namangan viloyati bosqichida institutimiz sharafini himoya qilib Respublika bosqichiga yo’llanma oldilar. Jumladan:

1) Tillayev Davron, 9-EE-11 guruh talabasi, texnik loyiha va ishlanmalar yo’nalishi bo’yicha 1-o'rin.
2) Tillayev Naimxon, 6-KTE-10 guruh talabasi, texnik loyiha va ishlanmalar yo’nalishi bo’yicha 2-o'rin.

Kafedrada chop etilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlili
  
Kafedra o’qituvchilari tomonidan olingan sertifikatlar bilan tanishuv jarayonida

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

         Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar kafedra jamoasining har lahzadagi, dolzarb faoliyat yo’nalishlaridandir. Kafedraning 2014-2015 o’quv yili uchun ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar rejalari mavjud bo’lib, ular talabalarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizni tiklanishiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashga, atrof-muhitni va institut mulkini saqlash, kiyinish madaniyati kabi maqsadlarga yo’naltirilgan. Kafedrani maqsadi kelajak uchun to’g’ri tarbiya  tashkil etish va uni yosh avlodga yetkazib berishdan iborat.


Kafedrada muntazam ravishda turli xildagi madaniy va marifiy tadbirlar tashkil etiladi
 

 

         Kafedra Namangan xududiy elektr tarmoqlari korxonasi OAJ, “Andijon xududiy elektr tarmoqlari” OAJ "SHarqiy MET" Namangan XYUKT, Namangan “elektr qurilmalari” KICH korxonasi “O’zelektrmontaj” OAJ. Namangan montaj boshqarmasi, Namangan viloyati “Suvoqava” Davlat korxonasi, Namangan viloyat tashqi yoritish tarmoqlariga texnik xizmat ko’rsatish korxonasi va bir nechta kasb-hunar kollejlari bilan doimiy xamkorlik aloqalarida bo’lib turadi.