ENERGETIKA

 

Kafedra mudiri: Bоydadayev Sоbirjоn Rahimjanоvich, fizika-matematika fanlari nоmzоdi, dоtsent.

S.R.Boydedayev Namangan muxandislik-pedagogika institutida 1993 yildan buyon labaratoriya mudiri, katta o’qituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.
U 1993 yilda Toshkent Davlat Universiteti fizika fakultetini bitirgan va yarimo’tkazgichlar fizikasining dolzarb muammolari bo’yicha ilmiy ishlar olib borgan.
1996 yilda Universitetning aspiranturasiga o`qishga kirgan. S.R. Boydedayevning ilmiy ishlari issiqlik elektron sharoitida elektrofizik hodisalariga shuningdek, yarimo’tkazgichli asboblarda fotoelektrik hodisalarga bag’ishlangan bo’lib, kuchli elektromagnit maydonlarda ishlaydigan yarimo’tkazgichli asboblarning mukammal nazariyasini yaratishda xamda yarimo’tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika soxasida muxim ilmiy va amaliy axamyatga egadir.
S.R. Boydedayev 2003 yilda “O’ta yuqori chastotali maydonda qizigan zaryadlar kinetikasi va reaktiv fotoEYuK yuzaga kelish mexanizmi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli ximoya qilib, fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’ldi.
30 dan ortiq ilmiy va ilmiy-metodik maqola va risolalari chop etilgan.
Uning ma'ruza va amaliy mashg’ulot darslari oliy ta'lim talablari darajasida bo’lib, axborotlar texnologiyasi va zamonaviy asbob- uskunalardan keng foydalaniladi.
Manzil: Namangan shahri, Do’stlik shоx ko’chasi-12, 2-o’quv binоsi 224-xоna.

Telefon: +99893 494-41-97

Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
 

         Energetika kafedrasi 2015 yilning sentyabr oyidan boshlab “Elektr energetikasi” kafedrasi tarkibidan ajralib chiqdi. Kafedra mudiri sifatida dotsent Sobirjon Boydedayev ish boshladi.


      

       5310100 - Energetika (Issiqlik energetikasi) - fan va texnika sohasidagi yo’nalish bo’lib, u o’z ichiga inson faoliyatining vositalari, yo’sinlari va usullarining majmuini oladi, ular issiqlikdan foydalanish, soha istiqbolini belgilashga, kasbiy ko’nikma, mutasaddilik qobiliyatiga uning oqimini boshqarish va boshqa tur energiyalarni, shuningdek elektr energiya bilan ta’minlashga yo’naltirilgan metodlar va vositalar majmuini qamrab oladi.
 
 

 
        

       Energetika (Issiqlik energetikasi): tarmog’i bo’yicha bakalavr kasbiy faoliyatining ob’yektlari - turli maqsadlarga mo’ljallangan bug’ va suv isitish qozonlari, bug’ va gaz turbinalari, bug’-gaz qurilmalari, energobloklar, siqilgan va suyultirilgan gazlar ishlab chiqarish bo’yicha qurilmalar, kompressorlar, sovutish qurilmalari, issiqlik nasoslari, yuqori haroratli va past haroratli issiqlik texnologiyalari qurilmalari, birlamchi issiqlik texnikasi uskunalari va hokazolar.
 
 

Kafedra professor-o'qituvchilari:

1. Boydedayev Sobirjon Rahimjanovich – fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
2. Nabiyev Shavkat Inamdjanovich – fizika-matematika fanlari nomzodi dotsent
3. Yusupov Odil Yakibovich – katta o’qituvchi
4. Atamirzayev Tohirjon – katta o’qituvchi
5. Nabiyev Murod Yakubdjanovich – assistent
6. Fayzullayev Qahramon Maxmudjanovich – assistent
7. Qurbonova Fotima Qahramonovna – assistent
8. Usmonov Inomjon Isroilovich - assistent

Kafedraning ilmiy salohiyati (25%)

Dotsentlar - 2 nafar
Katta o’qituvchi - 2 nafar
Assistentlar - 4 nafar