FIZIKA

Kafedra mudiri: Dadamirzayev Muhammadjon G’ulomqodirovich, fizika-matematika fanlari doktori.

Manzil: Namangan shahri, Do’stlik shox ko’chasi-12, 1-o’quv binosi 305-xona.

Tel.: +99895 301-59-70

e-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

 

 

 

Kafedra to’g’risida:

     Respublikamizda muhandis-pedagoglar tayyorlash bo’yicha tayanch oliy o’quv yurti hisoblangan Namangan muhandislik-pedagogika institutining ilk kafedralaridan biri “Fizika” kafedrasi “Fundamental fanlar” kafedrasi nomi bilan 1979 yilda tashkil etilgan.
    Kafedraga turli yillarda quyidagi professor-o`qituvshilar rahbarlik qilishgan: fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Sh.I.Nabiyev (1980–1992), fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent G’.Dadamirzayev (1992–1997), fizika-matematika fanlari doktori, professor G’.G’ulomov (1997-–2005), fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent N. Zokirov (2005–2011), 2011 yil 20 dekabrdan boshlab kafedraga fizika-matematika fanlari doktori Dadamirzayev Muhammadjon G’ulomqodirovich mudirlik qilmoqda.
   

 O’tgan yillar ichida kafedra jamoasi talaba-yoshlarni mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy, ma’naviy va marifiy vazifalarning tub mohiyatini anglaydigan yuqori malakali mutaxassislar, hamda komil insonlar etib tarbiyalashga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.
Bu borada professor G’.G’ulomov, dotsentlar G’.Dadamirzaev, SH..nabiev, A.Atabaeva, O.Qodirov, N.Zokirov, X.Jalolov, R.G’ulomov, H.Mavlonov, M.Dadamirzaev va S.Boydedaevlarning faoliyati alohida o’rin tutadi.
Kafedrada fizika fani bo’limlari bo’yicha 3 ta o’quv laboratoriya xonalari va 1 ta ilmiy-tadqiqot xonasi tashkil etilgan.
    SHuningdek, dotsentlar G’.Dadamirzaev,  N.Zokirovlar boshchiligida “Uzluksiz ta’limda fizikani o’qitish” mavzusi bo’yicha mablag’ bilan ta’minlanmagan ilmiy-uslubiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda va erishilgan natijalarga asosan 4 ta o’vuv qo’llanma, 100 dan ortiq o’quv-uslubiy ishlar chop ettirilgan. Fizika fanidan “O’quv-uslubiy majmua” yarailgan bo’lib, uning elektron shakli institut ARM va Ziyonet ga taqdim etilgan.

    Kafedra professori G’.G’ulomov rahbarligida “Yarimo’tkazgichlar fizikasi” yo’nalishi bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, ushbu yo’nalish bo’yicha Respublika va jahon ilmiy-tadqiqot markazlari e’tiboriga tushgan alohida ilmiy maktab yaratildi. Ushbu maktab tomonidan 2 ta doktorlik dissertatsiyasi (G’.G’ulomov, M.G’.Dadamirzaev) va 6 ta nomzodlik (N.Zokirov, Q.Umarov, M.Dadamirzaev, S.Boydedaev, A.G’ulomov, N.SHariboevlar) dissertatsiyalari tayyorlanib, ular himoya qilindi va hozirda 3 nafar maktab a’zosi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. SHuningdek kafedra a’zolari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy maqola va risolalar chop etilgan.
    Fundamental Davlat grant loyihalari ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha prof. G’.G’ulomov rahbarligida:

1.    2003-2007 yillarda F.2.1.55 “Yarimo’tkazgichlarda elektr yurituvchi kuch hosil bo’lishining yangi mexanizmlari”;
2.    2007-2011 yillarda OT-F2-077* “Yarimo’tkazgich pardalarda deformatsion effektlar dinamikasi va ularda yuzaga keluvchi toklarga elektr-magnit to’lqinlarning ta’siri”;
3.    2011-2016 yillarga mo’ljallangan F-2-21. “Yarimo’tkazgich-dielektrik chegarasidagi sirt holatlar zichligini aniqlashni matematik modellashtirish” mavzularida fundamental Davlat grant loyihlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.
Oxirgi 5 yil ichida grant mavzulari bo’yicha OAK ro’yxatidagi ilmiy jurnallarda 50 dan ortiq ilmiy maqola (shundan 40 dan ortig’i xorijiy davlatlarning impakt-faktorga ega bo’lgan nufuzli ilmiy jurnallarida) chop etildi.
Kafedrada O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Fizika Texnika Instituti, Rossiya FA ning Fizika texnika instituti, Yekaterinburg muxandislik-pedagogika instituti, Meksika milliy politexnika instituti,  Respublikaning ko’plab OTMlari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.
Hozirda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan chop etilgan maqolalarga ixtiboslik (chop etilgan maqolalarga murojaatlar soni) 100 dan ortiqni tashkil etadi.
Kafedraning o’quv, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy sohalardagi faoliyatini o’rnak qilib ko’rsatish mumkin. Kafedra institutda kafedralararo reyting bo’yicha bir necha yildan buyon birinchi va ikkinchi o’rinlarga ega bo’lib, rahbariyatning moddiy va ma’naviy mukofotlariga sazovor bo’lib kelmoqda.

Kafedra tarkibi:

Hozirgi kunda kafedrada 2 nafar fan doktori, 2 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 2 nafar katta o’qituvchi, 3 nafar assistent va 1 nafar laboratoriya mudiri, 1 nafar katta laborant, 1 nafar laborant faoliyat  ko’rsatib kelmoqdalar. Kafedra jamoasi institutning deyarli barcha ta’lim yo’nalishlaridagi talabalarga «fizika» fanidan dars beradi. Ilmiy salohiyat 45 foizni tashkil qiladi.
 1. Dadamirzayev Muxammadjon - kafedra mudiri, f.-m.f.d.
 2. Gulomov Gofirjon - f-m.f.d., professor
 3. Zokirov Ne`matilla - f-m.f.n., dotsent v.b
 4. Mamadjanov Ahrorjon - f-m.f.n., katta o`qituvchi
 5. Ergashev Abdurasul - - katta o`qituvchi
 6. Majidova Gulnoza - katta o`qituvchi
 7. Soliyev Alisher - assistent
 8. Nazarov Shoxrux - assistent
 9. Qosimova Ma`mura - assistent

Dadamirzayev Muhammadjon G’ulomqodirovich-1970 yil 3-martda Namangan viloyati, Namangan tumani, Xonobod qishlog’ida ziyoli oilasida tavallud topgan. U Namangan muxandislik-pedagogika instituti fizika kafedrasida 1999 yildan buyon labaratoriya mudiri, katta o’qituvchi, fizika kafedrasi dotsenti, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda. M.G’.Dadamirzaev 1993 yili Toshkent Davlat universiteti fizika fakulьtetini  «Yarimo’tkazgichlar va dielektriklar fizikasi» ixtisosligi bo’yicha tugatdi, so’ngra 1993-1995 yillarda stajyor-tadqiqotchi sifatida, 1995-1998 yillarda aspiranturada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, 2002 yili nomzodlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qildi va 2009 yilda dotsent ilmiy unvoniga ega bo’ldi.
U 2007-2010 yillarda O’zRFA “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika instituti doktoranturasini o’tadi. O’z ilmiy ishlarini «Yarimo’tkazgichlardagi deformatsion effektlar dinamikasi va p-n-o’tishdagi issiq zaryad tashuvchilarning elektr yurituvchi kuchi» mavzusida olib bordi va 2015 yilda 01.04.10- «Yarimo’tkazgichlar fizikasi» mutaxassisligi bo’yicha fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo’ldi. Ilmiy tadqiqot natijalari bo’yicha jami 70 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan, ulardan 30 dan ortig’i  ilmiy maqolalar, shuningdek 20 dan ziyodi xorijiy, jumladan Amerika, Yevropa va rivojlangan mamlakatlarning impakt-faktorga ega bo’lgan nufuzli ilmiy jurnallarida nashr etilgan bo’lib, ushbu maqolalarga chet el olimlari o’z ishlarida havolalar qilgan. Oxirgi 3 yil mobaynida OAK ro’yxatidan o’tgan 10 dan ortiq maqolasi xorijiy jurnallarda e’lon qilingan. M.G’.Dadamirzaev 2003-2016 yillar davomida  Respublika Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasining F.2-1.55, OT-F2-077 va F-2-21  raqamli davlat grantlarida katta ilmiy xodim sifatida faoliyat olib borgan.  U O’z.R.FA ning qator institutlari hamda OTM lari, Rossiya FA Fizika texnika instituti, Meksika milliy politexnika institutlari bilan ilmiy hamkorlik olib bormoqda.  
Xozirda u O’zR FA Fizika-texnika instituti va Samarqand davlat universiteti huzurida fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 14.07.2016.FM/T.12.01 raqamli ilmiy kengash a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Gulyamov  Gafur- 1949  yilda  Namangan viloyati, Norin tumanida tavallud topgan.  U 1971 yilda Toshkent Davlat Universitetining fizika fakulьtetini bitirgan. 1971-1983 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Fizika-Texnika Instituti va Yadro Fizikasi Institutlarida aspirant, kichik ilmiy xodim, injener-konstruktor lavozimlarida ishlab kelgan. 1982 yilda fan nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo’lgan. 1983 yildan Toshkent Politexnika institutining Namangan filiali (xozirgi NamMPI)da assistent, dotsent kafedra mudiri lavozimlarida ishladi. SHundan buyon u institutning faol o’kituvchisi sifatida talabalarga oliy ta’lim talablari darajasida bilim berib kelmokda. 1999 yilining 5 may kuni fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo’ldi. 2001 yil professor ilmiy unvonini oldi. U Namangan viloyatida oliy ta’limni rivojlantirish va ilm-fanning tarakkiyotiga xamda mamlakatimizga malakali mutaxassislar yetishtirib berishda  o’zining munosib hissasini qo’shib kelmokda. G.Gulyamovning fidoiyligi tufayli institutda o’kuv labaratoriya xonalari tashkil qilindi va jihozlandi, ilmiy tadkikot ishlari rivojlandi, o’kituvchilarning ilmiy salohiyati yuksaltirildi, xalkaro ilmiy aloqalar yo’lga qo’yildi.  G.Gulyamov respublikada ko’zga ko’ringan fizik olim bo’lib, OAK ro’yxatidan o’tgan xorijiy mamlakatlarning impakt-faktorga ega bo’lgan nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan 100 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlarning muallifidir. Uning raxbarligida 1 ta doktorlik va 6 ta  nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Hozirda 3 ta doktorlik dissertatsiyasi tayyorlanmokda. G.Gulyamov O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi Oliy Attestatsiyasi Komissiyasi ekspert kengashi a’zosi sifatida faoliyat ko’rsatgan.
U 2003-2016 yillar davomida  Respublika Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasining F.2-1.55, OT-F2-077 va F-2-21  raqamli davlat grantlariga  raxbarlik qildi.
    G.Gulyamov tashabbuskor, kamtar, fidoiy va tajribali pedagog sifatida institut jamoasi o’rtasida katta obro’ qozongan. G.Gulyamov o’zining ma’naviy va ilmiy-pedagogik saviyasini muntazam ravishda oshirib boradi, yoshlarning jonkuyar ustozi xisoblanadi.        

Zokirov Ne’matilla-1952- yilda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi Tergachi qishlog’ida xizmatchi oilasida tug’ilgan.1969 yilda Tergachidagi 68-maktabni tamomlagan.
   Mehnat faoliyatini 1974 yilda Tojikiston FA ning ,,Asrofizika ’’ ilmiy tadqiqot institutida katta muhandis vazifasida ish boshlagan .1975-1976 yillarda SARNIGMI da muhandis bo’lib ishlagan.1976-1979 yillarda  maktabda fizika o’qituvchisi bo’lib ishlagan.
    1979 yildan hozirgacha Namangan muhandislik-pedagogika  institutida (Toshkent politexnika institute Namangan filiali) assistant, katta o’qituvchi, dosent,kafedra mudiri  lavozimlarida faoliyat yuritga.
      Ukraina FA ning ,,elektronika va radiotexnika”  ilmiy-tekshirish institutida ilmiy izlanishlar olib borib,1994 yili ,,Yarimo’tkazgich namunalarining chegaralangan yarimo’tkazgichlardagi galvanomagnit va issiqlik o’lchami effektlarga ta’siri ’’ mavzusi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
      82 ta ilmiy –uslubiy ishlar ,ilmiy maqolalar va 2 ta o’quv adabiyoti muallifi.Hozirgi kunda 13.00.02-,,Fizika o’qitish nazariyasi va uslubiyati’’ ixtisosligi bo’yicha ,,Uzluksiz ta’limda fizikani o’qitish muammolari ’’ mavzusida ilmiy-tadqiqotlar ustida ishlar olib bormoqda.
        Rahbarlik ishini o’qituvchilik bilan muvaffaqiyatli qo’shib olib boradi.,,Ustoz’’ respublika fondining faxriy yorlig’I bilan taqdirlangan.N.zokirovning ,,Ma’ruzalar kursi’’ respublika oily o’quv yurtlari uchun foydalanishga tavsiya etilgan.
     Oilali,besh farzandi va to’qqiz nabirasi bor.  

Mamadjanov Ahrorjon Ibragimovich - 1984 yil 30 iyul Namangan viloyati Uychi tumani  xizmatchi  oilasida tavallud topgan. 2001-2005   yillarda - Namangan Davlat Universiteti talabasi, 2005 -2007 yillarda –  O’zbekiston Milliy Universiteti magistratura bosqichi talabasi. 2008 -2011 O’zR FA Yadro Fizika instituti aspiranti, 2011-2012  yillarda Namangan Davlat Universiteti Fizika kafedrasi o’qituvchisi. 2012-2013  yillarda  Namangan Muhandislik-pedagogika instituti energetika kafedrasi kata o’qituvchisi. 2013 yildan xozirgi vaqtgacha Namangan Muhandislik-pedagogika instituti fizika  kafedrasi kata o’qituvchisi lavozimida faoliyat ko’rsatmoqda. Mehnat faoliyati davrida 15 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar chop etgan. 2011 yilda “Tebranuvchi va aylanuvchi magnitlangan, relyativistik kompakt obektlaning vakuumdagi elektromagnit maydoni va ulardagi astrofizik jarayonlar” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan.  

 

Katta o’qituvchi. Ergashev Abdurasul Qodirjonovich- Namangan viloyati Kosonsoy tumani Tergachi Q.F.Y Bog’ M.F.Y da 1985 – yil 22 – martda xizmatchi oilasida tavalud topgan 2004 – yil Namangan Davlat Unversiteti Fizika – matematika fakulteti fizika yo’nalishi talabasi. 2008 – yil Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy Unversiteti Fizka fakulteti talabasi. 2010 - yildan buyon Namangan Muhandislik – Pedagogika institutda fizika kafedrasi asistenti, katta oqituvchisi lavozimlarida ishlab kelmoqda. 5 ta uslubiy qo’llanma, 20 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqola va tezislar muallifi.
Elektron manzili: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

 

Majidova Gulnoza Nurmuxamedovna - 1985 yil 11 aprel  Namangan viloyati Chortoq tumani  ziyoli  oilasida tavallud topgan. 2001-2005   yillarda - Namangan Davlat Universiteti talabasi, 2005 -2007 yillarda –  Namangan Davlat Universiteti magistratura bosqichi talabasi. 2007-2014 yillarda  Namangan Muhandislik-pedagogika instituti fizika  kafedrasi assistenti. 2015 yildan xozirgi vaqtgacha Namangan Muhandislik-pedagogika instituti fizika  kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida faoliyat ko’rsatmoqda. Mehnat faoliyati davrida 16 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar chop etgan. Xozirda  “Potensial to`siqlarning tashqi ta`sirlarga tenzosezgirligi ” mavzusida ilmiy  izlanishlar olib bormoqda.

 

Qosimova Ma’mura Odiljanovna - Namangan viloyati Chust tumani Shoyon Q.F.Y Shoyon M.F.Y da 1985 – yil 26 – oktyabirda Xizmatchi oilasida tavalud topgan. 2004 – yli Namangan Davlat Unversiteti Fizika – matrmatika fakulteti fizika yo’nalishi talabasi. 2008 – yili Mirzo Ulug’bek nomli O’zbekiston milliy Unversiteti FIzika fakulteti magistiranti. 2010 – yildan hozirgi davirgacha Namangan Muhandislik – pedagogika instituti fizika kafedrasi assistenti. Mehnat faoliyati davrida 15 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar chop etgan. Xozirda “Kvantlovchi magnit maydondagi yarimo’tkazgichlarga yorug’lik ta’siri” mavzusida ilmiy  izlanishlar olib bormoqda.  

 

  

Soliyev Alisher Zokirjonovich -Namangan viloyati Chortoq tumani Do’slik ko’chasi 53 – uy da 1988 – yil 20 – fevralda Xizmatchi oilasida tavalud topgan. 2007 – yil Namangan Davlat Unversiteti Fizika – matematika fakulteti fizika yo’nalishi talabasi. 2011 – yil Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy Unversiteti Fizka fakulteti talabasi. 2013 – yildan boshlab Namangan Muhandislik – Pedagogika institutining fizika kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.  Mehnat faoliyati davrida 10 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar chop etgan.

  

 


Nazarov Shohruh Rustamjonivich- Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani Yortepa Q.F.Y da 1988 – yil 5 – sentyabirda Xizmatchi oilasida tavalud topgan  2007 – yil Namangan Davlat Unversiteti Fizika – matematika fakulteti fizika yo’nalishi talabasi. 2011 – yil Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy unversiteti Fizika fakulteti  Optika va Lazerli fizika yo’nalishi magistiri. 2013 – yildan buyon Namangan Muxandislik Pedagogika Inistuti Fizika kafedrasi asistenti lavozimida ishlab kelmoqda.  Mehnat faoliyati davrida 11 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar chop etgan.