BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI KAFEDRASI


Kafedra mudiri: Razzaqov Sobirjon Jo’rayevich

      1962 yil 24 avgustda Namangan viloyatining Uychi tumani, Yorqo’rg’on qishlog’ida tug’ilgan. 1979 yili o’rta maktabni oltin medal bilan yakunlab Toshkent politexnika institutining qurilish fakultetiga o’qishga kirgan va 1984 yili institutni tugatib imtiyozli diplom olgan. Mehnat faoliyati Respublika Oliy ta’lim vazirligining yo’llanmasi bilan Toshkent politexnika institutining Namangan filialiga ishga kelish va 1984 yildan 1988 yilgacha assistent lavozimida ishlash bilan boshlangan. 1988-1991 yillarda Toshkent arxitektura-qurilish institutining aspiranturasida professor, texnika fanlari doktori Q.I.Ro’ziyev ilmiy rahbarligida ishlab, 1991 yilning 13 dekabrida "Dinamik yuklamalarning sterjenli tom yopma konstruktsiyalarining kuchlanganlik va deformatsiyalanuvchanlik holatiga ta’siri" mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasini Toshkent arxitektura-qurilish institutining ixtisoslashgan Kengashida muvaffaqiyatli himoya qilgan va texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
1992-1996 yillarda "Sanoat va fuqaro qurilishi" kafedrasida katta o’qituvchi va dotsent, 1996-99 yillarda Qurilish fakul’tetining "Qurilish ishlab-chiqarish texnologiyasi" kafedrasi mudiri, 1999-2004 yillarda "Binolar va sanoat inshootlari qurilishi" kafedrasi dotsenti, 2004-2006 yillarda "Binolar va sanoat inshootlari qurilishi" kafedrasining mudiri va fakultet dekani, 2006-2014 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutining ilmiy ishlar bo’yicha prorektori lavozimlarida ishlagan. 2014 yilning mart oyidan “Binolar va inshootlar qurilishi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
U, Respublika Ustoz jamg’armasi Grant g’olibi bo’lib 2002 yilning avgust oyida Janubiy Koreyaning Kumi milliy texnologik institutida xalqaro Erasmus Mundus grant g’olibi bo’lib 2012 yilning mart oyida Avstriyaning Vena shahrida joylashgan “BOKU” universitetida malakasini oshirgan.

 
Kafedra olimlari O’zbekistonning Avstriyadagi elchixonasida

       O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining hamda Namangan viloyati hokimligining "Faxriy yorliq"lari bilan mukofotlangan. Hozirgi paytda, "Mustamkamligi kichik materiallardan tiklangan hususiy turar-joy uylarining konstruksiyaviy va seysmik havfsizligini baholash" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini yakunlab, dissertatsiya himoyasi arafasida turibdi. 108 ta ilmiy, o’quv-uslubiy maqolalar, 2 ta o’quv qo’llanma, 2 ta monografiya chop etgan hamda 3 ta patentga guvohnomalar olgan.

Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

"Binolar va inshootlar qurilishi" kafedrasi 1982 yil 1 sentyabrda tashkil topgan. Kafedra faoliyati davomida tayyorlangan 6 mingdan ziyod yuqori malakali mutaxassislar, xalq xo’jaligining turli sohalarida, shuningdek ta’lim muassasalarida faoliyat olib bormoqdalar. Hozirgi kunda kafedrada 21 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ularning 4 nafari fan nomzodi-dotsentlar, 5 nafari katta o’qituvchi, 12 nafari assistent, hamda cabinet mudiri va laborantlardan iborat.

Kafedra olimlari (1-qator o’ngdan birinchi dots. S.Abdurahmonov, 2-qator o’ngdan ikkinchi k.o’q. Z.Xolboyev) Bolgariyaning Angel Kanchev nomidagi Ruse Universitetida diplomlar bilan taqdirlash marosimida

Talabalar va professor-o’qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari hamda texnik vositalaridan samarali foydalanishlari uchun kafedrada yetarli sharoitlar yaratilgan. Kafedra tasarrufida global va lokal tizimga ulangan kompyuterlar va videoproektor bilan jihozlangan auditoriyalar va zamon talabiga javob beradigan ilmiy-o’quv laboratoriya mavjud.

Jahon andozalariga mos keladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan tuzilgan shartnoma asosida oliy o’quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari uchun 10 dan ortiq darslik va o’quv qo’llanmalar yaratildi, bugungi kunda ulardan o’quv jarayonlarida samarali foydalanib kelinmoqda.

Kafedra olimlari tomonidan 2003-2005 yy., 2009-2011 yy., 2012-2014 yillarda davlat dasturi doirasidagi 3 ta yirik ilmiy loyihalar bajarildi. Hozirda 2015-2017 yillarga mo’ljallangan A-14-11 “O’zbekiston hududida qurilgan va joylashtirilgan temir beton konstruksiyali bino va inshootlar elementlarining mustahkamlik, zilzilabardoshlik va deformatsiya xossasiga ega hamda uzoq muddatga chidamliligini ichki va tashqi muhitlardan kompleks ta’sirlarini tadqiq qilish” amaliy davlat grant loyihasi bajarib kelinmoqda.

 
Kafedra ilmiy faoliyatidan (seysmoplatforma va bino modeli)

X INNОVATSIОN G’ОYALAR, TEXNОLОGIYALAR VA LОYIHALAR RESPUBLIKA YARMARKASIGA NAMMPI “BINОLAR VA INSHООTLAR QURILISHI” KAFEDRASI TОMОNIDAN TAYYORLANGAN ISHLANMA

Mualliflar: dоts. A.M.Raximоv, katta o’qituvchilar B.G’.Jo’raev, О.A.Cho’lpоnоv

Ishlanma (texnоlоgiya nоmi): Temir-betоnga issiqlik ishlоvi berishning energiyatejamkоr usuli

Texnоlоgiyaning qisqacha mazmuni: Temir-betоnga issiqlik ishlоvi berish ko’pchilik hоllarda o’rasimоn bug’ kamerasida amalga оshiriladi. Xоzirda issiqlik ishlоvi tartibini belgilashda atrоf- muhit harоrati e`tibоrga оlinmaydi. Ma`lumki, issiq iqlimli xududlarda yoz paytida betоn qоrishmasining bоshlang’ich harоrati 25-30 оS ni tashkil etadi. Tashqi xavо harоratining оrtishi bug’lash kamerasidan bexuda sarflanayotgan issiqlik miqdоrining kamayishiga оlib keladi. Taklif etilayotgan usulda atrоf-muhit xarоratining xar bir aniq hоlati uchun betоnga issiqlik ishlоvi berish tartiblari ishlab chiqilgan. Ushbu usulni qo’llash issiq iqlimli xududlarda 6-7 оy mоbaynida energiya sarfini 15-20% qisqartirish imkоnini beradi.

O’rasimоn bug’lash kamerasi

Tayyorgarlik darajasi: Atrоf-muhit harоratini hisоbga оlgan hоlda betоnga issiqlik ishlоvi berish tartiblarini belgilashning analitik usuli ishlab chiqilgan.

 

       “Binоlar va inshооtlarqurilishi” kafedrasi o’qituvchilarining yangi erishgan muvaffaqiyatlari

NamMPI “Binоlar va inshооtlarqurilishi” kafedrasi prоfessоr-o’qituvchilari institutning 2016-2017 o’quv yilidagi malaka оshirish rejasiga asоsan Tоshkent arxitekturaqurilish instituti xuzuridagi kadrlarniqayta tayyorlash va ularning malakasini оshirish tarmоq markazida o’z malakalarini оshirib kelmоqdalar. Malaka оshirish jarayonida darslarda faоlqatnashganligi hamda mоdullarni to’liq o’zlashtirishda ijоbiy natijalarga erishganligi uchun kafedra dоtsenti Sh.A.Xakimоv, katta o’qituvchi B.Jo’rayevlar tarmоq markazining “Tashakkurnоma”sini оlishga muvaffaq bo’lishdi.

  

Kafedra tarkibi:

T/r

FISh

Tug’ilgan vaqti

Ilmiy darajasi

Lavozimi

Dars beradigan fanlari

Mutaxassisligi

Rasmi

1

Razzaqov Sobirjon Jo’rayevich

24.08.1962

Texnika fanlari nomzodi

Kafedra mudiri, dotsent

Bin ova inshootlar zilzilabardoshligi; Yog’och va plastmassa konstruksiyalari

Sanoat va fuqaro qurilishi

 

2

Abduraxmonov Sultonboy Ergashevich

19.10.1959

Texnika fanlari nomzodi

Dotsent

Metall konstruksiyalari; Qurilish konstruksiyalari; Energotejamkor binolarning konstruksiyalari

Sanoat va fuqaro qurilishi

 

3

Hakimov Shukrullo Abdurahmonovich

10.09.1956

Texnika fanlari nomzodi

Dotsent

Qurilishni taskil etish va rejalashtirish; Qurilish mashinalari

Sanoat va fuqaro qurilishi

 

4

Rahimov Akmalxon Mamatxonovich

10.02.1957

Texnika fanlari nomzodi

Dotsent

Qurilish jarayonlari texnologiyasi; Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Sanoat va fuqaro qurilishi

 

5

Axmedov Paxritdin Sayfiddinovich

25.05.1959

 

Katta o’qituvchi

Metall konstruksiyalari; Arxitektura; Sanoat binolari

Sanoat va fuqaro qurilishi

 

6

Xolboyev Zokirjon Xodiyevich

01.11.1964

 

Katta o’qituvchi

Qurilish konstruksiyalari; Qurilish materiallarini sinash usullari

Sanoat va fuqaro qurilishi

 

7

Jo’rayev Baxtiyor G’ulomjonovich

22.06.1974

 

Katta o’qituvchi

Arxitektura; Gruntlar mexanikasi

Sanoat va fuqaro qurilishi

 

8

Dadaboyev Adhamjon Umaraliyevich

12.02.1974

 

Katta o’qituvchi

Landshaft arxitekturasi; San’at, arxitektura va shaxarsozlik

Arxitektura

 

9

Mirzajonov Baxodir Mirzarahmatovich

20.09.1958

 

Katta o’qituvchi

Bino va inshootlar tipologiyasi; Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish

Arxitektura

 

10

Mavlonov Ravshanbek Abdujabborovich

21.09.1986

 

Assistent

Qurilish konstruksiyalari; Temirbeton tosh-g’ish konstruksiyalari

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

 

11

Fozilov Odiljon Qobiljonovich

21.03.1988

 

Assistent

Metall konstruksiyalari; Sanoat binolari

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

 

12

Maqsud o’g’li Baxtiyor

10.08.1983

 

Assistent

Arxitektura; Gruntlar mexanikasi; Bino, inshootlarni sinash, tekshirish va ularning rekonstruksiyasi

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

 

13

Egamberdiyev Ismoil Xayitmirzayevich

01.09.1989

 

Assistent

Qurilish konstruksiyalari; Qurilish materiallarini sinash usullari

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

 

14

Martazayev Abdurasul Shukirillayevich

25.08.1988

 

Assistent

Bin ova inshootlar zilzilabardoshligi; Yog’och va plastmassa konstruksiyalari

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

 

15

Vaqqasov Xayrullo Sayfullaxanovich

07.07.1988

 

Assistent

Qurilish fizikasi; Energotejamkor binolarning konstruksiyalari; Qurilish mashinalari

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

 

16

Eshonjonov Jaxongir Baxromjonovich

03.01.1986

 

Assistent

Arxitektura; Gruntlar mexanikasi; Arxitekturaviy fizika; Qurilish fizikasi

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

 

17

Mamadov Baxodir Alisherovich

07.09.1985

 

Assistent

Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalash; Gruntlar mexanikasi

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

 

18

Hamidov Oybek Umarjon o’g’li

23.01.1990

 

Assistent

Arxitekturaviy loyihalash; Arxitekturaviy loyihalash asoslari; Shaxarsozlik asoslari; Shaxarsozlik loyihasi

Arxitektura

 

19

Qayumov Dilshod G’ofurjon o’g’li

25.12.1991

 

Assistent

Transport va muhandislik obodonlashtirish; Zamonaviy jihozlash va interyer; Arxitekturaviy loyihalash asoslari

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

 

20

Boytemirov Muhammadbobir Boyjo’ra o’g’li

10.02.1990

 

Assistent

Qurilish jarayonlari texnologiyasi; Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi; Qurilish tashkil etish va rejalashtirish

Qurilish tashkil etish va rejalashtirish

 

21

Xoshimov Sardor Ne’matjon o’g’li

26.01.1992

 

Assistent

Arxitekturaviy konstruksiya; Arxitekturaviy bionika; Agrosanoat majmuasini loyihalash

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

 

22

Ahmedov Akmaljon Rustamovich

13.12.1991

 

Kabinet mudiri

 

Binolar va inshootlar qurilishi

 

23

Mo’minov Kamoliddin Komiljonovich

27.07.1986

 

Laborant

 

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)