OLIY MATEMATIKA KAFEDRASI

 

Kafedra mudiri: Jamalov Bahriddinho’ja Ismoilovich


Telefon: (0593) 402-40-46


Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
 

          

Kafedra 1980 yilda f.m.f.n.dots. Y.Irgashev, katta o’qituvchilar F.Amirov, M.Mamatov, assistentlar O.Egamberdiyev, F.Sotibolidiyev, , Sh.Toshboyev, Z. Qodirov, Y. Oppoqovlardan iborat tarkib bilan ish boshlagan. Kafedraning shakllanishida 1980-1987 yillarda mudirlik qilgan marhum dots.Y. Irgashevning hizmatlari beqiyosdir. Bu davrda kafedraga fizika-matematika fanlar nomzodlari N.Turg’unov, H.Olimov, V. Hojiboyev, J. Hoshimov, katta o’qituvchilar A.Turg’unov, A. G’aniyev,U. Karimov, katta laborant G. Muhitdinova kelib qo’shildilar.

Kafedraga 1987-2001, 2005-2016 yillarda prof. V.Hojiboyev, 2001-2003 yillarda dots. N. Turg’unov, 2003-2005 yillarda dots. Y.Oppoqov mudirlik qildilar. 2016- yildan dots. B. Jamalov kafedra mudiri vazifasida faoliyat ko’rsatmoqda.

1988 yilda f.m.f.nomzodlari U. Boyturayev, I. Gafarov, Q. Jo’rayev kafedraga taklif etildilar. Keyinchalik A. Ataxo’jayev (1993), G. Muhitdinova (1997), Y. Karimova (1998), A. Bekmurodov (2001), B. Jamalov (2001), Sh. Karimova (2001), H. Po’latova (2001), I. Qodirov (2002), A. Jo’rayev (2002), X. Bunazarov (2008), tanlov asosida qabul qilindilar. Magistr darajasiga ega bo’lgan yoshlar I. Sheraliyev (2010), O. Jo’rayev (2012), A. Muminov (2013), A. To’xtaboyev (2013), A. Oqboyev (2015), tanlov asosida va yosh mutaxassis sifatida ishga qabul qilindilar. 2015 yildan f.m.f.n. dots. A.Sharipov kafedrada faoliyat ko’rsata boshladi.

Kafedra professor-o’qituvchilari malakali kadrlar tayyorlashda va yurtimizning ilm- fan rivoji uchun sidqidildan mehnat qilib kelmoqdalar.

Оliy matematika kafedrasi umum ta`lim kafedralardan biri hisоblanadi. Kafedra tоmоnidan barcha bakalavriat ta`lim yo’nalishlari talabalariga Оliy matematika fani bo’yicha ta`lim beriladi. Oliy matematika bo’yicha institut Axbоrоt resurs markazi o’quv adabiyotlari bilan to’la ta`minlangan.
Kafedra prоfessоr-o’qituvchilari Differensial tenglamalar, Ehtimоllar nazariyasi va matematik statistika, O’qitish metоdikasi yo’nalishlari bo’yicha ilmiy - tadqiqоt ishlarini оlib bоradilar.

O’zMU Mexanika-matematika fakulteti, O’zMU qoshidagi Matematika instituti, Nоvоsbirsk Davlat universiteti, Rоssiya FA Sibir bo’limi matematika instituti, Kabardin-Bоlkar Universiteti matematik оlimlari bilan ilmiy hamkоrlik alоqalari o’rnatilgan.

Xalqarо, Respublika, ОO’Yu lari miqiyosidagi ilmiy kоnferensiyalarda prоfessоr-o’qituvchilar ma`ruzalar bilan muntazam ishtirоk etmоqdalar. Kafedra prоfessоr-o’qituvchilari reja asоsida, asоsan, O’zMU qоshidagi Оliy pedagоgika institutida va Farg’ona Davlat universitetida kasbiy malakalarini оshirib bоradilar.

Kafedra a`zоlarining asоsiy vazifasi talabalarni chuqur bilimli va ma`naviy yetuk qilib tarbiyalashdir.

 

Kafedraning ilmiy salohiyati (47%)

Fan doktorlari - 2 nafar
Fan nomzodlari va dotsentlar - 6 nafar
Katta o’qituvchilar - 4 nafar
Assistentlar - 5 nafar
Texnik xodimlar - 2 nafar

Kafedra o’qituvchilari haqida ma’lumotlar:

 Jamalov Baxriddin - Fiz-mat.fanlari nomzodi, dotsent, kafedra mudiri

      Ilmiy tadqiqotlar yo’nalishi: Matematik-fizikaning noklassik tenglamalari 

      Faoliyati: 03.09.1977 yilda Namangan viloyati Chortoq tumanida tug’ilgan. 1994-1999 yillarda Toshkent davlat universitetida talaba, 1999-2001 yillarda Chortoq tumani 30-maktabda o’qituvchi, 2001-2002 yillarda Namangan sanoat kasb-xunar kollejida o’qituvchi, 2002-2004 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutida assistent, 2004-2005 Stajyor-tadqiqotchi, 2006-2008 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika va informasion texnologiya institutida aspirant, 2008-2010 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutida katta o’qituvchi, 2010-2012 yillarda kafedra dotsenti va Elektroenergetika fakulteti dekan muovini, 2012-2013 Qurilish fakulteti dekan muovini, 2013-2015 yillarda Oliy matematika kafedrasi dotsenti, 2015-2016 ichki nazorat monitoring bo’limi boshlig’i, 2016- yildan hozirga qadar kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
     Horijiy jurnallarda 1 dan, Respublika davriy jurnallarda 3 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

 Hojiboyev  Valijon - Fiz.-mat.fanlari doktori

        Ilmiy tadqiqotlar yo’nalishi: Ehtimollar nazariyasining chegaraviy masalalari.
        Faoliyati: 26.08.1956 yilda Namangan shahrida tug’ilgan.
        1973-1978 yillarda Toshkent davlat universitetida talaba, 1978-1980 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida stajyor tadqiqotchi, 1980 -1983 yillarda Novosibirsk davlat universitetida aspirant, 1983-1985 yillarda Toshkent politexnika instituti Namangan filiali (1991 yildan Namangan sanoat-texnologiya instituti, 1998 yildan Namangan muhandislik-pedagogika instituti) da assistent, 1985-1988 yillarda dotsent, 1988-2000 yillarda kafedra mudiri, 2000-2001 yillarda prorektor, 2001-2002 yillarda dekan, 2002-2005 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti qoshidagi Do’stik akademik litseyida direktor, 2005-2016 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti Oliy matematika kafedrasida kafedra mudiri, 2016- yildan hozirga qadar kafedra professori lavozimida ishlab kelmoqda.
        50 dan ortiq ilmiy, uslubiy ishlar, 1 ta monografiya muallifi. 10 dan ortiq ilmiy maqolalari chet ellarning nufuzli jurnallarida chop etilgan. Rahbarligida 1 ta nomzodlik dissertatsiyasi (2010 y) himoya qilingan. 3 ta doktorlik va 8 ta nomzodlik dissertatsiyalariga opponentlik qilgan.

 Oppoqov Yusufjon - Fiz.-mat.fanlari doktori

        Ilmiy tadqiqotlar yo’nalishi: Xususiy hosilali differensial tenglamalar.
        Faoliyati:  02.01.1956 yilda Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumanida tug’ilgan. 1975-1979 yillarda Namangan davlat pedagogika institutida talaba, 1979-1980 yillarda Yangiqo’rg’on tumanida 37-maktab o’qituvchisi, 1980-1981 yillarda Toshkent politexnika instituti Namangan filialida katta laborant, 1981-1984 yillarda direktor muovini, 1986-1990 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika institutida ilmiy hodim, 1990-1991 yillarda Toshkent politexnika instituti Namangan filialida katta o’qituvchi, 1991-2003 yillarda dotsent, 2003-2005 yillarda kafedra mudiri, 2005-2016 yillarda  Namangan muhandislik-pedagogika instituti Oliy matematika kafedrasi dotsenti, 2016 yildan hozirga qadar kafedrada fizika-matematika fanlari doktori lovozimida ishlab kelmoqda.
        115 dan  ortiq ilmiy maqolalar, 100 dan  uslubiy ishlar muallifi.

 Turg’unov Nurmatjon - Fiz.-mat.fanlari nomzodi, dotsent

        Ilmiy tadqiqotlar yo’nalishi: Sterjen va plastinkalarning chiziqli bo’lmagan tebranma harakati.
        Faoliyati: 01.10.1944 yilda Samarqand viloyatida tug’ilgan. 1961-1970 yillarda Samarqand davlat universiteti talaba, 1963-1970 yillarada harbiy xizmatda Matros, Glavniy starshina, 1970-1975 yillarda Ukraina Fanlar Akademiyasi Matematika institutida aspirant, 1976-1982 yillarda Farg’ona politexnika institutida assistent, katta o’qituvchi, kafedra mudiri, 1982-1983 yillarda Toshkent politexnika instituti Namangan filialida katta o’qituvchi, 1983-2001 yillarda dotsent, 2001-2003 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutida kafedra mudiri, 2004 yildan hozirga qadar kafedra dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.

 Gafarov Ilg’orjon - Fiz.-mat.fanlari nomzodi, dotsent

        Ilmiy tadqiqotlar yo’nalishi: Operator koeffitsiyentli differensial tenglamalarga qo’yilgan ichki va tashqi masalalar.
Faoliyati: 20.06.1960 yilda Namangan shahrida tug’ilgan. 1978-1982 yillarda Toshkent davlat universiteti talaba, 1982-1984  yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Ramanovskiy nomidagi Matematika institutida Stajyor tadqiqotchi, 1984-1987 yillarda Novosibirsk davlat universitetida aspirant, 1987-1988 yillarda Namangan shahri “Среднее профессиональное техническое училище №31” da o’qituvchi, 1988 yilda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti Namangan filialida muhandis, 1988-1989 yillarda Toshkent politexnika instituti Namangan filiali (1991 yildan Namangan sanoat-texnologiya instituti) da assistent, 1989-1991 yillarda Toshkent mashinasozlik instituti Namangan filialida dotsent, 1991-1998 yillarda Namangan sanoat-texnologiya institutida dotsent, 1998-2003 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutida dotsent, 2003-2005 yillarda dekan, 2005-2010 yillarda dotsent, 2010 yilda Toshkent shahar AVANDERO MCHJda ish boshqaruvchi, 2010-2011 yillarda Toshkent shahar UMIDLI HAMKOR MCHJ da hisobchi, 2011-2012 yillarda Toshkent shahar “Long Sight Construction” MCHJ da bosh hisobchi, 2012 yildan hozirga qadar Namangan muhandislik-pedagogika institutida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
         35 dan ortiq ilmiy va uslubiy maqolalar, 1 ta o’quv qo’llanma muallifi.

 Egamberdiyev Olimjon - Fiz.-mat.fanlari nomzodi, dotsent

         Ilmiy tadqiqotlar yo’nalishi: Parabolik tipdagi tenglamalarga qo’yilgan nokorrekt masalalar.
Faoliyati: 10.04.1952 yilda Namangan viloyati Chortoq tumanida tug’ilgan. 1972-1977 yillarda Toshkent davlat universitetida talaba, 1977-1979 yillarda Namangan davlat pedagogika institutida katta laborant, 1979-1983 yillarda Toshkent politexnika instituti Namangan filiali (1991 yildan Namangan sanoat-texnologiya instituti) da assistent, 1983-1987 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika institutida aspirant, 1987-1998 yillarda Toshkent politexnika instituti Namangan filialida dotsent, 1998-2001 yillarda dekan muovini, 2001-2004 yillarda Chortoq tumani Oyqiron kasb-hunar kollejida direktor, 2004-2005 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutida dotsent, 2005 yilda dekan muovini, 2005 yildan hozirga qadar dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.
         30 dan ortiq ilmiy, uslubiy ishlar, 10 ga yaqin ilmiy maqolalari davriy va nufuzli jurnallarda chop etilgan.

 Irgashev Baxromjon - Fiz.-mat.fanlari nomzodi, kat.o‘q.

        Ilmiy tadqiqotlar yo’nalishi: Matematik-fizikaning noklassik tenglamalari
Faoliyati: 01.12.1970 yilda Namangan shahrida tug’ilgan. 1990-1994 yillarda Toshkent davlat universitetida talaba, 1994-1995 yillarda Namangan viloyati jamg’arma bank boshqarmasida 2-toifali mutaxassis, 1995-1999 yillarda bo’lim boshlig’i, 1999-2003 yillarda Xalk banki Namangan shahar bo’limida bosh hisobchi, 2003-2006 yillarda Hamkorbank Namangan filialida hisobchi, 2007-2009 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutida assistent, 2009-2011 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika va information texnologiyalar institutida aspirant, 2011 yildan hozirga qadar Namangan muhandislik-pedagogika institutida katta o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
        Horijiy jurnallarda 4 dan, Respublika davriy jurnallarda 2 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

 Muxitdinova Gulnoraxon - katta o‘qituvchi

         Ilmiy tadqiqotlar yo’nalishi: Operator koeffitsientli differensial tenglamalarga qo’yilgan ichki va tashqi masalalar
Faoliyati: 15.09.1962  yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. 1979-1984 yillarda Toshkent davlat universitetida talaba, 1984-1987 yillarda Toshkent politexnika instituti Namangan filiali (1991 yildan Namangan sanoat-texnologiya instituti) da assistent, 1987-1992 yillarda  katta laborant, 1992-1997 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutida kabinet mudiri, 1997-2005 yillarda assistent, 2005 yildan hozirga qadar kafedrada katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 Jo’rayev Abdullajon - katta o‘qituvchi

        Ilmiy tadqiqotlar yo’nalishi: Matematik-fizikaning noklassik tenglamalari
Faoliyati: 02.01.1966 Namangan viloyati  Kosonsoy tumanida tug’ilgan. 1990-2003 yillarda Kosonsoy tumani 27-maktabda o’qituvchi, 2003-2009 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutida assistent, 2009 yildan hozirga qadar kafedrada katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
        Horijiy jurnallarda 1 dan, Respublika davriy jurnallarda 5 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

 

 Bunazarov Xusniddin - katta o‘qituvchi

        Faoliyati: 29.03.1968 yilda Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyatida tug’ilgan. 1985-1992 yillarda Toshkent davlat universitetida talaba, 1992-1993 yillarda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutida stajyor-tadqiqotchi, 1993-1994 yillarda Namangan shahri 55-maktabda o’qituvchi, 1994-1996 yillarda Namangan shahar iqtidorli qizlar gimnaziyasida o’qituvchi, 1996-2008  yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti qoshidagi litsey internatda o’qituvchi, 2008 yildan hozirga qadar Namangan muhandislik-pedagogika institutida katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 Sheraliyev Ikromjon - katta o‘qituvchi

        Ilmiy tadqiqotlar yo’nalishi: Tasodify yig’indilar uchun limit teoremalarni yaqinlashish tezligini baholash
         Faoliyati: 21.04.1986 Namangan viloyati Norin tumanida tug’ilgan, 2004-2008 yillarda Namangan Davlat Universitetida talaba, 2008-2010 yillarda Namangan Davlat Universiteti magistr, 2010-2012 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutida assistent, 2012-2013 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika va informasion texnologiyalar institutida, Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi, 2013-2015 yillarda O’zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi Matematika institutida katta ilmiy xodim-izlanuvchi, 2015 yildan hozirga qadar kafedrada katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
Respublika davriy jurnallarda 4 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

 Karimova Shalola - assistent

        Faoliyati: 06.01.1974 yilda Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanida tug’ilgan. 1990-1995 yillarda Namangan davlat universitetida talaba, 1995-2001 yillarda To’raqo’rg’on tumani 17-maktabda o’qituvchi,  2001-2002 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutida kabinеt mudiri, 2002 yildan hozirga qadar kafedrada assistent lavozimida ishlab kelmoqda.
        Respublika davriy jurnallarda 2 dan otiq ilmiy- uslubiy maqolalari chop etilgan.

 

 

 

 Po’latova Halimaxon - assistent

       Faoliyati: 29.11.1970 Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumanida tug’ilgan. 1988-1990 yillarda To’qimachilik va yengil sanoat fabrikasi ishchi, 1990-1995  yillarda Toshkent davlat universiteti talaba, 1995-1996  yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutida laborant, 1996-2003 yillarda Malaka oshirish institutida metodist, 2003-2012 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutida kabinet mudiri, 2012  yildan hozirga qadar kafedrada assistеnt lavozimida ishlab kelmoqda.
 

 

  Muminov A’zamjon - assistent

       Ilmiy tadqiqotlar yo’nalishi: Matematik statistikada taqsimot noma’lum parametrni baholash.
       Faoliyati: 07.08.1983 Namangan viloyati Namangan tumanida tug’ilgan. 2000-2004 yillarda Namangan  davlat universitetida talaba, 2004-2006 yillarda magistr, 2005-2007 yillarda NamDU qoshidagi 2-akademik litseyda o’qituvchi, 2007-2011 yillarda Namangan davlat universitetida o’qituvchi, 2012-2013 yillarda O’zbekiston  Milliy universitetida stajyor-tadqiqotchi izlanuvchi, 2013 yilda katta ilmiy hodim-izlanuvchi, 2013 yildan hozirga qadar Namangan muhandislik-pedagogika instituti Oliy matematika kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda.
         Respublika davriy jurnallarda 2 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

 To’xtaboyev Akbarxo’ja - assistent

        Ilmiy tadqiqotlar yo’nalishi: Berilgan nil-radikalli yechiluvchan Leybnis algebralarining klassifikatsiyasi.
        Faoliyati: 19.06.1989 yilda Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumanida tug’ilgan. 2007-2011 yillarda O’zbekiston Milliy Universitetida talaba, 2011-2013 yillarda magistr, 2010-2013 yillarda Toshkent shahri Shayxontohur tumani 40-sonli maktabda o’qituvchi, 2013 yildan hozirga qadar  Namangan muhandislik-pedagogika instituti Oliy matematka kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda.
        Respublika davriy jurnallarda 3 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalari chop etilgan.

 

 Jurayev Olimjon - kabinet mudiri

        Faoliyati: 14.01.1987 Namangan viloyati, Namangan tumanida tug’ilgan. 2006-2010 yillarda Namangan davlat universitetida talaba, 2010-2012  yillarda magistr, 2012 yildan hozirga qadar Namangan muhandislik-pedagogika institutida kabinet mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
 
 

 

 

 Bozorova Ma’rifat - laborant

        Faoliyati: 26.12.1988 yilda Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumanida tug’ilgan. 2004-2007 yillarda To’raqo’rg’on Qishloq ho’jalik kasb-hunar kollejida talaba, 2008 yildan hozirga qadar Namangan muhandislik-pedagogika institutida laborant lavozimida ishlab kelmoqda.