AXBOROTLAR TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI

 Kafedra mudiri: Ismanova Klara Do’lanboyevna t.f.n., dotsent,

Elektron manzili: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Telefon: (99895) 303-03-68

 Kafedra haqida

    

 

 

      Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorliklar, ijtimoiy iqtisodiy sohalardagi islohotlar, ma`naviy-ma`rifiy tizimdagi yangilanishlarning zamirida hayotimizning asl mazmuni - farzandlarimizning barkamol turmush tarzini yaratishdek maqsad mujassam. Ta`lim va tarbiya jarayonida avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining samarali qo’llanilishi va ulardan o’quv jarayonida maqsadli foydalanish masalalari “Axborotlar texnologiyasi” kafedrasi jamoasining ustivor vazifalaridan hisoblanadi.
     Informatika va AT kafedrasi 1984 yilda “Hisoblash texnikasi” kafedrasi tarkibida tashkil etilgan bo’lib, shundan buyon mamlakat xalq xo’jaligiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yaxshi o’zlashtirgan malakali, yetuk kadrlar tayyorlashda o’zining munosib xissasini qo’shib kelmoqda. Kafedra hozirgi kunda Texnologiya fakulteti tasarrufida faoliyat ko’rsatadi.


Bugungi kunda kafedrada o’qitiladigan fanlar:
1. Axborot texnologiyalari.
2. Qurilishda axborot texnologiyalari.
3. Qishloq ho’jaligida axborot texnologiyalari.
4. Axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar.
5. Kompyuterli loyihalash.
6. Iqtisodiy matematik usullar va modellar.
7. Energetikaning matematik masalalalari.
8. Kimyoviy injineringda axborot texnologiylari.

                

Axborotlar texnologiyasi kafedrasi jamoasi a’zolari:
1. Ismanova Klara Do’lanboеvna
2. Abdullaеva Nozima Xoshimovna
3. Dadamirzaеv Muzaffar G’ulomqodirovich
4. Abdulxafizov Bunyod Xakimjonovich
5. Mallabaеv Nosirjon Murodullaеvich
6. Imamnazarov Erkinjon Dеxkanaliеvich
7. Ismoilov Shoximardon
8. Niyazova Naima Abdullajonovna
9. Shokirov Davron Abdug’affor o’g’li
10. Xolmirzaеv Ilxom A`lohanovich

Kafedra jamoasi institut, fakultet miqyosida emas, balki o’zlari yashayotgan mahallalarda, aholi o’rtasida, kasb-hunar kollejlari va institut talabalari o’rtasida "SPID, Giyoxvandlik va narkomaniyaga qarshi kurashish va uni oldini olish", "Ommaviy madaniyat va axborot hurujlari", va "Internetning salbiy oqibatlari" mavzularida davra suhbatlari va seminar- treninglar tashkil qilishdi.

Norin AL, Norin KHK hamda Chortoq tibbiyot kolleji bilan hamkorlik aloqalari muntazam ravishda reja asosida olib borilmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan internetdan olingan o’rgatuvchi dasturlar va materiallar, axborot texnologiyalariga oid tayyorlangan o’quv-uslubiy majmua, dars o’tish uchun tayyorlangan didaktik materiallar AL va KHK o’qituvchilariga yetkazib berilmoqda.

K.Ismanova tomonidan 2013 yilda “Sonli usullar va algoritmlar” nomli, 2015 yilda “Amaliy matеmatik dasturlar pakеti” nomli o’quv qo’llanmalar Oliy va O’rta maxsus ta`lim Vazirligi grifi asosida chop etildi. “Amaliy matеmatik dasturlar pakеti qo’llanmasi 2016 yilda “Yilning eng yaxshi o’quv qo’llanmasi-2016” Rеspublika ko’rik tanlovida qatnashib, 3-darajali diplom bilan taqdirlandi. 2015 yilda Abdullaеva Ozoda tomonidan “Технологии повышения эффективности учебно-воспитателного просесса” mavzusidagi monografiya Gеrmaniyaning “Veglag LAP LAMBERT” (145 bеt) nashriyoti tomonidan nashr etildi. Yana bir boshqa “Технологии повышения эффективности учебно-воспитателного просесса в профессионалных колледжей и академических лисеев” nomli monografiya 2016 yilda nashrdan chiqdi.

Kafеdra o’qituvchilari tomonidan so’nggi 2 yil davomida 10 dan ortiq rеspublika ilmiy jurnallarida, 25 dan ziyod xalqaro ilmiy konfеrеnsiyalarda va ilmiy jurnallarda maqolalar chop etildi. 4 ta dasturiy ta`minot uchun patеnt olishga erishildi. Kafеdra 2016 yil ko’rsatkichlariga ko’ra OTM miqyosida 25 ta kafеdra ichida faxrli 3-o’rinni egalladi.

Kafedra jamoasinng asosiy maqsadi kafedraning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, sifatli o’quv adabiyotlari bilan ta`minlash, darslarni axborot va ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida o’tilishini ta`minlash, talabalar bilimini nazorat qilish shakllarini takomillashtirish orqali ta`lim sifatini ko’tarishdan iborat. Ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy ishlar Axborotlar texnologiyasi kafedrasi jamoasining har lahzadagi dolzarb faoliyat yo’nalishlaridandir. Kafedra professor-o’qituvchilari ma`naviy-ma`rifiy sohada belgilab qo’yilgan vazifalar va buyuk mutafakkirlar meroslarini ma`ruza, amaliy mashg’ulot va tajriba darslarida, murabbiylik soatlarida, "Talabalar turar joyi"dagi navbatchilik davrlarida talabalarga muntazam ravishda o’rgatib kelmoqdalar.