OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Ataxanov Shuxrat Nuriddinovich

Telefon: (0593) 6783994

Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
 

 

 

 


"Oziq-ovqat texnologiyasi" kafedrasi institut rektorining 1993 yil 56-K sonli buyrug'i bilan tashkil topgan. Xozirda kafedrada 5 ta fan nomzodi, 3 ta katta o’qituvchi, 2 ta assistent va 3 ta texnik xodim faoliyat ko’rsatmoqda.
Kafedrada 5321000 - Oziq-ovqat texnologiyasi (konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi) ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar hamda 5A321001 - “Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi” ixtisosligi bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

Kafedra professor-o'qituvchilari:

1. Ataxanov Shuxrat Nuriddinovich - kafedra mudiri, t.f.n. dotsent
2. Qanoatov Xayrullo Murodullayevich - dotsent v.b
3. Xoshimov Xakimjon - k.x.f.n., dotsent
4. Pulatov Alisher Saidjamalovich - t.f.n., dotsent
5. Norinboyev Baxromjon G’anijonovich - t.f.n assistent
6. Akramboyev Abdurasul Adashevich - katta o’qituvchi
7. Atamirzayeva Soxiba Turg’unovna - katta o’qituvchi
8. Saribayeva Dilorom Akramjanovna - katta o’qituvchi
9. Dadamirzayev Muzaffar Habibullayevich - assistent
10. Xoshimova Jamila Hakimjonovna - assistent
11. Mallaboyev Odiljon Tohirjanovich - katta laborant
12. Rahimov Umidjon Yunisjanovich - laborant


Kafedra professor-o’qituvchilari fan-texnika va xalq xo’jaligining dolzarb yo’nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ilmiy izlanuvchilarining  ilmiy tadqiqot ishlari natijalari mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda chop etilayotgan ilmiy risolalar va to’plamlarda muntazam ravishda nashr qilib kelinmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari va magistrlar
(amaliy mashg’ulot davrida)
Talabalarning o’quv va ishlab-chiqarish amaliyotlarining samaradorligini oshirish, bitiruv malakaviy ishlarini ishlab chiqarishga tadbiq qilish maqsadida Namangan viloyatida faoliyat ko’rsatayotgan oziq-ovqat sanoati korxonalari va ta’lim muassasalari xususan "NESTLE UZBEKISTAN" MCHJ, “Coca-Cola” qo’shma korxonasi”, Namangandon mahsulotlari” OAJ, Uchqo’rg’ondon mahsulotlari” OAJ, “Popdon mahsulotlari” OAJ, “Namangan vino” AJ, “AGROMIR CHUST” MCHJ,  “Namangan go’sht” AJ, “Chashmai Safed” f/x, “Namangan sharbat” qo’shma korxonalari hamda O’simliklar kimyosi instituti, Toshkent Kimyo texnologiya instituti, kasb-hunar kollejlari bilan muntazam ilmiy, uslubiy va amaliy hamkorlik qilib kelinmoqda.

KHKlar bilan amaliy hamkorlik aloqalari
Kafedra talabalar va professor-o’qituvchilarni zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ishlashlari uchun etarli sharoit yaratilgan bo’lib, 13 ta so’ngi rusmdagi kompyuterlar bilan jixozlangan.
Kafedra professor-o’qituvchilarni tomonidan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida oliy o’quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari uchun 15 dan ortiq darslik va o’quv qullanmalar chop etildi, jumladan 2017 yilda 1 ta o’quv qo’llanma “Mahsulotlar sifatini standartlashtirish va metralogiya asoslari” o’quv qullanmasi 1300 nushada chop ettirildi.

          
Kafedra professor-o’qituvchilarni tomonidan olingan № IAP 03288 “O’simlik hom-ashyosidan oziq-ovqat kukuni olish” va № IAP 03289 “Pavidloni tayyorlash usuli” mavzusidagi ihtiro uchun patentlari bo’yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Meva sabzavot sharbatlari ikkilamchi hom-ashyolaridan tayyorlangan pavidlo ishlab chiqarish bo’yicha tehnologik yo’riqnona va texnik shart ishlab chiqilgan hamda O’zbekistan Respublikasi SSV va DSENM tomonidan tasdiqlatilgan (ro'yhat raqam TSH.6415826912-02:2004).
Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan 2016-2017 yillarga muljallangan umumiy qiymati 105.6 mln.so’mlik  ИОТ-2016-5-11 - “Topinambur sharbati olingan ikkilamchi hom-ashyosini qayta ishlab tarkibida qand tutuvchi va diyetik taomlar tehnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi innovatsion loyiha bajarilmoqda.  
“Mahalliy hom-ashyolardan kakao almashtirgich olish” mavzusida t.f.n.H.Qanoatov rahbarligida amaliy ishlar olib borilib, dastlabki natijalar olindi. 2017 yil o’tkazilgan “X-innovatsion g’oyalar, tehnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi”da qatnashib tashkilotchilar tomonidan fahriy yorliq bilan taqdirlandi.