ILMIY VA ILMIY PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH BO'LIMI

Bo’lim bоshlig’i: Nasritdinov Axmadjon  Abduxamidovich   texnika fanlari nоmzоdi

Bo’lim manzili: 160103, Namangan shahri, Do’stlik shоh ko’chasi-12.

Telefon: 0(369)234-14-85

Elektron manzili:  Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. ; nammpi nasritdinov Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

     Institutda ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini olib borish va rivojlantirish uchun 1993 yilda "Ilmiy bo’lim" tashkil qilingan. 2008 yildan boshlab bo’limni "Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi" deb ataladi.

      Bo’lim institut professor-o’qituvchilari hamda talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yish va ularni chop ettirish, turli dasturlar doirasidagi tanlovlarda ilmiy va ilmiy-texnik loyihalar bilan ishtirok etishni tashkil qilish, davlat granti va xo’jalik shartnomasi asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish; ilmiy-tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, kafedra va ilmiy laboratoriyalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy anjumanlarini tashkil qilish va o’tkazish, xalqaro aloqalar o’rnatish va rivojlantirish, iqtidorli talabalarning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor Davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etishlarini tashkillashtirish va ta`minlash kabi masalalar bilan shug’ullanadi.
    Shuningdek, iqtidorli talabalar, magistrantlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va professor-o’qituvchilarning turli jamg'arma va fondlar tanlovlarida ishtirok etishlarini tashkil qiladi, ularning chet el oliy o’quv yurtlari hamda ilmiy markazlarida o’qish, ilmiy hamkorlik, tajriba almashish va malaka oshirishlari masalalari bo’yicha amaliy ishlarni yo’lga qo’yadi. 
      Ilmiy va ilmiy - pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti va mustaqil izlanuvchilar institutlari orqali yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydi.
Institutda "Ilmiy-tadqiqotlar ko’lamini kengaytirish, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash faoliyatini takomillashtirish, talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga tizimli asosda jalb etish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi" ishlab chiqilgan bo’lib, unda to’rtta asosiy yo’nalish belgilab olingan:

        1.Iqtidorli talabalar ilmiy- tadqiqotlarini tashkil qilish va ularni qo’llab-quvvatlash. Bu yo’nalishda iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy-tadqiqotlarini tashkil qilish, ularni ilmiy- tadqiqot ishlariga jalb etish, kafedralarda "Ustoz-shogird" tizimini samarali yo’lga qo’yish hamda iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash masalalari asosiy vazifa etib belgilangan.
        2.Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish. Bu yo’nalishda asosiy e`tibor ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini samarali tashkil etish, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish, ularni qo’llab-quvvatlash va shu orqali ilmiy salohiyatni respublikada yuqori ko’rsatkichga olib chiqish hamda ilmiy darajali olimlarning yoshi bo’yicha ko’rsatkichini pasaytirishga erishishga qaratilgan.
        3.Loyihalar doirasidagi tadqiqotlar. Bu yo’nalishda sohalar va mintaqaning global muammolaridan kelib chiqib, kafedralarda ilmiy loyihalarni shakllantirish, professor-o’qituvchilarning ilmiy-texnik dasturlar va xalqaro loyihalar doirasidagi tanlovlarda faol ishtiroklarini ta`minlash va shu orqali ilmiy-tadqiqotlar ko’lamini kengaytirish, bu boradagi faoliyatga yosh tadqiqotchilar va iqtidorli talabalarni keng jalb etish masalalari keng o’rin olgan.
        4. Fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta`minlash va moliyalashtirish. Bu yo’nalishda ilmiy-tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish va shu orqali byudjetdan tashqari mablag’lar topish ko’lamini kengaytirishga qaratilgan tadbirlar hamda bu boradagi asosiy vazifalar belgilangan.

    Institutda faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar 302 nafarni tashkil qiladi, shular jumlasidan ilmiy darajali professor-o’qituvchilar 117 nafar. Ilmiy salohiyat-41% ni tashkil qiladi.
    1 nafar institut professor-o’qituvchilari doktorlik dissertatsiyalarini yakunlab, 2015 yilning 30 dekabr kuni 01.04.10-Yarimo’tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo’yicha dots.M.Dadamirzaev himoya qildi. 
       Institutda 01.02.04-Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi ixtisosligi bo’yicha 3 nafar KIXI tahsil olmoqda.
2015 yilda 1 nafar talaba O’zbekiston Respublikasi Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo’ldi (Xojiev Adxamjon), 1 nafar talaba Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo’ldi (Ismoilov Alisher).
    - boshqa turdagi tanlovlarda (OTM yo’nalishlariga mos bo’lmagan) 1 ta, Qurilish fakulьteti 25-BIQ-14 guruh talabasi Murodullaev Sarvar Javlonbek o’g’li 2015 yil 13-17 dekabr  kunlari Malayziya davlatida o’tkazilgan Karate bo’yicha jaxon chempionatida faxrli birinchi o’rinni olib, 3 karra jaxon chempioni degan nomga sazovor bo’ldi. 2-kurs MT yo’nalishi talabasi Xoldorov Samandar O’zbekiston respublikasi Taekvando VTF bo’yicha 3-darajali diplom bilan taqdirlandi. 19 yoshga yetgan va ulardan katta ayollar o’rtasida boks bo’yicha O’zbekiston respublikasi chempionatida 45-MT-15 guruh talabasi Bekjanova Volida 2-darajali diplom bilan taqdirlandi. “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar tanlovida 31-QMBIICH-14 guruh talabasi Najmiddinov Ikromjon Respublika bosqichida ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandi. 2015 yil-“Yangi asrning iste’dodlari” Respublika bosqichida 29-QXAL-14 gurux talabasi Umarxonov Alisher “Eng yaxshi rangtasvir asari” uchun 2-darajali diplom bilan taqdirlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Istedod” jamg’armasi  O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi “Kamolot” YoIH markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan yosh olimlar va talabalarning “XXI ASR-INTELEKTUAL AVLOD ASRI” shiori ostida o’tkazilgan xududiy konferentsiyada 20 ta maqola va tezislar bilan qatnashishdi, 3-KTI-14 guruh talabasi Sobirjanova Nodira va assistent Muxammadjon Solievlar Respublika bosqichiga yo’llanma oldi va ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandilar.
         Respublika talabalar fan olimpiadasida 7-nafar talabalar sovrinli o’rinlarni egalladilar, jumladan:

Talabaning F.I.Sh. Egallagan o’rni Rahbarining F.I.SH., lavozimi Fanning nomi Olimpiada o’tkazilgan OTM nomi
1 Yusufxonov Zokirxon Yusufxon o’g’li 2 prof. SH.S.Yuldashev Nazariy mexanika TTYMI
2 Yusufov Abdulaziz Maxamadali o’g’li 2 dots.A.Normirzayev Avtomobillar va avtomobil ekspluatatsiyasi hamda servis xizmati TAYI
3 Nodirov Ramish CHori o’g’li 3 kat o’q.N.Majidov Ventilyatsiya va havoni konditsiyalash TAQI
4 Baxridinov Ulug’bek 2 dots.A.Xamidov Qurilish buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqish TAQI
5 Akmullayev Mamadali Jumanbayevich 2 kat.o’q. Z.Xolboyev Qurilish materiallari va konstruktsiyalari SamDAQI
6 Abdusamatov Farruxbek Muhammadjonovich 1 ass. Z.Azizov Kasbiy ta’lim NamMPI
7 Koxorov Abdumonnon Abdumutalibovich 3 P.Axmedov Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish TAQI

     Bugungi kunda institut olimlari tomonidan fanning global va mintakaviy muammolarini hal etishga qaratilgan 8 ta yo’nalishda yangi zamonaviy jihozlangan ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish va ilmiy-tadqiqotlarni yo’lga qo’yish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Bir qator davlat grantlari va xo’jalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.

       2014 yilda institutimiz olimlari tomonidan 2012-2016 yillarga mo’ljallangan 2 ta yirik fundamental (ilmiy rahbarlari: prof. G’.G’ulomov va prof. Sh.Yuldashev), 2014-2015 yillarga mo’ljallangan (dots. I.Shamshidinov), 2014-2015 yillarga mo’ljallangan yosh olimlarning 1ta amaliy (ilmiy rahbari q-x.f.n. D.Raxmonov) 2015 yilda 2015-2017 yillarga mo’ljallangan 2 ta amaliy (ilmiy raxbarlari: prof. P.J.Matkarimov, dots. I.Shamshidinov), 1 ta innovatsion (dots. A.Umurzakov) davlat grant dasturi doirasidagi loyixalar qo’lga kiritildi. 2015 yilda Davlat grant dasturi doirasidagi loyihalarning hajmi 397,004 mln. so’mni, xo’jalik shartnomalari asosidagisi esa 34.643 mln. so’mni tashkil qildi.
2016 yilda o’tkazilagigan “Respublika IX-Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi”ga institut professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalari tomonidan 15 ta ilmiy ishlanmalar tayyorlandi.
2014 yilda 2 ta sertifikat, 4 ta patent, 3 ta dasturiy guvohnomalar olindi, 104 ta maqola chet el jurnallarida, 25 ta maqola halqaro konferentsiyalarda, 75 ta ilmiy maqola respublika jurnallarida va 250 dan ortiq tezislar konferentsiyalar to’plamlarida chop etildi.