Institut hodimlar va talabalar kasaba uyushma qo'mitasi

INSTITUT HODIMLAR VA TALABALAR KASABA UYUSHMA QO'MITASI 

 Qo’mita raisi: Haydarov Axmadali Qambarovich 

 Kasaba uyushma qo’mitasi institut professor-o’qituvchilari, o’quv-yordamchi va texnik xodimlari xamda talabalarini mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qiladi.

Rektorat xodimlarning manfaatlariga taalluqli bo’lgan qarorlar qabul qilishdan oldin kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birgalikda ish olib boradi. Rektorat kasaba uyushma qo’mitasining takliflarini o’z vaqtida ko’rib chiqadi hamda mehnat masalalarida, institut faoliyatiga oid masalalar bo’yicha va boshqa ijtimoiy – siyosiy masalalar yuzasidan zarur bo’lgan axborotlarni kasaba uyushmasi qo’mitasiga taqdim etib boradi.

Kasaba uyushma a’zolarini mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy, huquq va manfaatlarini himoya qiladi.

Rektorat xodimlarning manfaatlariga taalluqli bo’lgan qarorlar qabul qilishdan oldin kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birgalikda ish olib boradi. Rektorat kasaba uyushma qo’mitasining takliflarini o’z vaqtida ko’rib chiqadi hamda mehnat masalalarida, institut faoliyatiga oid masalalar bo’yicha va boshqa ijtimoiy – siyosiy masalalar yuzasidan zarur bo’lgan axborotlarni kasaba uyushmasi qo’mitasiga taqdim etib boradi.

Kasaba uyushmasi qo’mitasi o’z kasaba uyushma a’zolari uchun:

• millati, jinsi, yoshi va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar Kasaba uyushma a’zosining mehnat qilishi, ishni, kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitini yaratib berishi va ishsizlikdan himoya qilinishiga doir konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishiga;

• insonning ma’naviy va jismoniy kuch quvvatlarining tiklanish vositasi bo’lgan bo’sh ish vaqtni ko’paytirish va undan oqilona foydalanishga;

• mehnat qonunchiligi, mehnatni va atrof-muhitni muhofazalash qonunlari, qoidalari va me’yorlariga rioya etilishiga;

• sog’lomlashtirish uchun baza yaratilishiga va zarur vositalar ajratilishiga;

• ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadlarida jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzilishiga, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;

• davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash, Kasaba uyushma a’zolarining mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qonun hamda boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilinishiga, barqaror, hamjihatlik va fuqorolar totuvligini saqlab qolishga;

• menatga haq to’lashning ijtimoiy adolatli tizimni joriy etilishiga;

• ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga binoan Kasaba uyushma a’zolarining malakasini oshirishga va kasb jihatidan qayta tayyorlashga erishishga intiladilar.