MARKETING XIZMATI BO'LIMI

 Bo'lim boshlig'i: Pulatоv Jоbir Djamalоvich

NamMPI marketing xizmati bo'limining asosiy faoliyat yuritish yo`nalishlari:

  • Bitiruvchilarning kasbiy mahoratini o`rganish hamda ularnining iste`molchilar talablariga muvofiqligini aniqlash;
  • Davlat grantlari va to`lov-kontrakt bo`yicha joriy va istiqbolli “buyurtmalar portfeli”ni shakllantirish;
  • Institutda bitiruvchlarni ishga taqsimlash komissiyasini tashkil etish;
  • Bakalavriat yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha har bir bitiruvchining reytingi va malakaviy sifatlari to`g`risida tavsifnoma, bitiruvchlarning qaysi muassasa, tashkilot yoki korxonada ishlashini xohlashiga oid anketa so`rovlari natijalarini tayyorlash;
  • Bitiruvchilarni ishga joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlar (diplomdan ko`chirma, ishga yuborilganlik to`g`risida yo`llanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot qaydnomasi)ni tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga topshirish;
  • Ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan kadrlar tayyorlash, ularni ishga joylashtirish, ular bilan muntazam aloqalarni o`rnatish;
  • Yosh mutaxassislarga amaliy-uslubiy yordamlar ko`rsatish, maslahatlar berish hamda mehnat faoliyati natijalarini umumlashtirish;
  • Yangi o`quv yilida davlat grantlari asosida qabul qilingan talabalar bilan oliy ta`lim muassasasi o`rtasida o`qishni tugatgandan so`ng ishga taqsimlangan joyida kamida 3 yil ishlab berish to`grisida ikki tomonlama shartnomalar tuzish;
  • Turli ilmiy-uslubiy kengashlar, ilmiy, o`quv-uslubiy bo`linmalar, fakultetlar, kafedralar va h.k. bilan hamkorlik qilish, ular tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va baholashda ishtirok etish, umumiy marketing siyosatini amalga oshirishda barcha tegishli bo`linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Bitiruvchilarning imkoniyatlari va ustunliklarini respublika, mintaqaviy va xalqaro ko`rgazmalar, yarmarkalarda namoyish qilish;
  • Talabalar qabuli va bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini muvofiqlashtirish;
  • Yosh mutaxassislarning kasbiy faoliyati, saviyasini oshirish borasidagi ishlar va ularning xizmat pog`onalaridan ko`tarilishlariga ko`maklashish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Bitiruvchilar to`g`risidagi to’liq ma’lumotlar banki bo’yicha OAV da yoritish;
  • Institutni bitirgan yosh mutaxassislar ish jarayoni faoliyatini monitoring qilib borish;
  • Institut talabalari bilan kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlar uchrashuvlarini tashkil etish.