Xalqaro aloqalar bo’limi

Bo’lim boshlig’i: Adham To’ychiyev

Tel: +99869 234 29 63

Faks: +99869 234 14 30

e-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

 


 Bo’lim metodisti: Sherzod Kenjaboyev

Tel: +99869 234 29 63

Faks: +99869 234 14 30

e-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.      

 

  Xalqaro aloqalar bo’limi institutning tashqi aloqalarini muvofiqlashtirib, xorijiy ta’lim muassasalari, tadqiqot markazlari, malaka oshirish institutlari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatish maqsadida tashkil etilgan.

Bo’limning maqsadi:
Bugungi kunda xalqaro standartlarga mos o’quv jarayonining so’nggi yutuqlaridan foydalanish dolzarb muammolardan sanaladi. Shu munosabat bilan Xalqaro aloqalar bo’limi institut bilan dunyoning boshqa ta’lim muassasalari o’rtasida do’stona, madaniy, o’quv va ilmiy yo’nalishlarda hamkorlik aloqalarini o’rnatish va ularni takomillashtirib boradi. Shuningdek, u professor-o’qituvchilarning xorijda malakasini oshirish bo’yicha stajirovkalar va qisqa muddatli o’quv kurslari va talabalarning almashinuv dasturlari bo’yicha YUNESCO, Yevropa Ittifoqi va boshqa ko’plab davlatlar tomonidan e’lon qilinadigan grant va stipendiyali dasturlarda qatnashish borasida maslahatlar beradi.

Bo’limning vazifalari:
• institut tomonidan xorijiy universitet va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o’rnatilgan aloqalarni, jumladan, shartnoma, kelishuv, memorandumlar ijrosini ta’minlash;
• xorijiy mutaxassislar, professor-o’qituvchilar hamda talabalarni institutga tashrifini tashkil qilish;
• ta’lim va o’quv jarayonini takomillashtirish maqsadida xorijiy investitsiyalar jalb qilish;
• xorijiy grantlarni olish bo’yicha professor-o’qituvchilar, izlanuvchilar va tadqiqotchilarning ishtirokiga oid masalalarga ko’mak berish;
• professor-o’qituvchi, tadqiqotchi va ilmiy xodimlarning xorijiy safarlari bo’yicha hujjatlarini rasmiylashtirishda maslahatlar berish;
• professor-o’qituvchi, tadqiqotchi, ilmiy xodim va talabalarning turli xalqaro grant loyiha va dasturlarda, ta’limga oid fondlarda ishtirok etishlari uchun tavsiyalar berish;
• O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik korpus vakillari bilan o’zaro aloqalarni o’rnatish va kengaytirishdan iborat.

Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Tempus, Erasmus Mundus va Erasmus+ dasturlari bo’yicha institut professor-o’qituvchilari Yevropaning nufuzli universitetlarida malaka oshirish va ilmiy izlanishlar olib borish, talabalar esa tahsil olish imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Bundan tashqari, institutning hamkorlik doirasini kengaytirish maqsadida xorijiy OTMlar bilan qator ikkitomonlama kelishuv va memorandumlar tuzishga erishildi. Hozirgi kunda ushbu hamkor universitetlar bilan qizg’in hamkorlik faoliyati olib borilmoqda.

Yevropa Ittifoqining Tempus dasturi doirasida 2014-2016 yillarda institutda MATcHES (Towards the ModernisATion of Higher Education InstitutionS in Uzbekistan (O’zbekistonda oliy ta’lim muassasalarini modernizatsiya qilish) deb nomlangan loyiha amalga oshirildi. Loyihaning maqsadi O’zbekistonning 3 viloyati: Buxoro, Qashqadaryo va Namanganda Bilimlar uchburchagi ishtirokchilarini birlashtirish, ya’ni biznes va mahalliy hokimiyat vakillari bilan oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi o’zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan. Mazkur loyiha doirasida institutning 30 dan ziyod professor-o’qituvchilari Ispaniyaning Las Palmas de Gran Kanariya universiteti, Polshaning Yan Koxanovski universiteti va Bolgariyaning Ruse universitetlarida tashkil etilgan o’quv kurslari va treninglarda ishtirok etib, o’z bilim va malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo’ldi. Shuningdek, institut qoshidagi “Ilmiy tadqiqotlar integratsiyasi va innovatsiyalar markazi” tarkibida “Bilimlar Transferi Markazi” (Knowledge Transfer Office) tashkil etildi. MATcHES loyihasi va yuqoridagi tuzilma haqida batafsil ma’lumotni http://matches-project.eu/EN/home/ va http://matches.nammpi.uz dan olish mumkin.
So’nggi yillarda Erasmus Mundus dasturining CASIA, TIMUR va SILKROUTE loyihalari doirasida Germaniyaning Hoenhaym universiteti, Chexiya tabiiy fanlar universiteti, Avstriyaning Vena tabiiy fanlar universiteti, Shvetsiya qishloq xo’jalik universiteti, Sloveniya Lyublyana universiteti, Italiyaning Bolonya universitetlarida institutning 15 dan ortiq professor-o’qituvchilari malaka oshirish va ilmiy tadqiqotlar olib borishgan bo’lsa, 10 dan ortiq talabalar esa turli muddatlarda tahsil oldi. Hozirda esa bo’lim tomonidan bu kabi loyihalar va ularning qatnashchilari sonini oshirish bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunga kelib, institut хalqaro aloqalar bo’limi quyidagi mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan anglashuv memorandumi, kelishuv va hamkorlik shartnomalari imzolashga erishgan:

Rossiya Federatsiyasi
     Petrozavodsk davlat universiteti
     Qozon davlat agrar universiteti
     P.A. Kostichev nomidagi Ryazan davlat agro-texnologik universiteti
Portugaliya
     Portu Universiteti
Xitoy Xalq Respublikasi
     Guilin texnologiya universiteti
Polsha
     Yan Koxanovski universiteti
     Stanislav Voytsexovski nomli professional texnika universiteti
     Adam Mitskevich universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)
Ispaniya
     Las Palmas de Gran Kanariya universiteti
Germaniya
     Hoenhaym universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)
Avstriya
     Vena tabiiy fanlar universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)
Chexiya Respublikasi
     Chexiya tabiiy fanlar universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)
Shvetsiya
     Shvetsiya qishloq xo’jalik fanlari universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)
Italiya
     Bolonya universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)
Sloveniya
     Lyublyana universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)
Niderlandiya
     Vageningen unversiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)

Bulardan tashqari, хalqaro aloqalar bo’limi DAAD, ITEC, MTCP, KOICA kabi ta’lim va tadqiqot bilan bog’liq stipendiya dasturlari bilan faoliyat olib boradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkentdagi Erasmus+ milliy ofisi bilan birgalikda va muntazam faoliyat yuritadi.