MUNOSIB NOMZODGA OVOZ BERAMIZ!!!

                                                              MUNOSIB NOMZODGA OVOZ BERAMIZ!!!                                                          

           

  Namangan Muhandislik-Qurilish institutida O’zbekiston yoshlar ittifoqi guruh, fakultet, boshlang’ich tashkiloti bosh yetakchiligi uchun saylov oldi targibotlari a’lo darajada olib borilmoqda.

 

2017-yil 8-sentyabr kuni institut katta majlislar zalida O’zbekistоn yoshlar ittifoqi Kasb ta’lim fakulteti yetakchiligi uchun saylov bo’lib o’tdi. Saylovda institut yoshlar ittifoqi yetakchisi. S. Majidov fakultet ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbоsari M.Xo’jaxonov, o’quv ishlar bo'yicha dekan o'rinbоsari B. Abdulxafizov , fakultet professor- o’qituvchilari va 100dan ortiq talabalar ishtirok etishdi. Kasb ta’limi fakulteti yetakchiligi uchun 3 nafar nomzodlar ko’rsatildi. Mazkur nomzodlar 5-KTQXM-16 guruh talabasi Umidjon Rahmonov, 26-KMBQCH-16 guruh talabasi Bahtiyor Dadaxanov hamda 25-KMBQCH-16 guruh talabasi Otabek Olimovlar o’zlarining saylov oldi dasturlarini yig’ilganlarga havola etishdi.

  

Saylovda yig’ilganlar munosib nomzodga ovoz berishda faol qatnashishdi. Saylov natijalariga ko’ra Umidjon Rahmonov 82% ovoz to’plagan holda Kasb ta’limi fakulteti yetakchisi etib saylandi.